Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
KOMBINATSIYALANGAN GIPOLIPIDEMIK VA ANTIOKSIDANT TERAPIYA FONIDA SBK II-IIIB BOSQICHIDAGI BEMORLARDA BUYRAK FUNKSIYASI KO'RSATKICHLARINING O'ZGARISHI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Аннотация · Abstract
Kombinatsiyalangan gipolipidemik va antioksidant terapiya fonida SBK II-IIIb bosqichi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlarining dinamikasini o‘rganish. Yallig‘lanish genezli SBK II-IIIB bosqichi bilan og‘rigan 35-60 yoshdagi 126 nafar bemor tekshirildi. Tematik bemorlarni tekshirish Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bazasida o‘tkazildi. SBK II-IIIB bosqichi bilan og‘rigan bemorlarda qon oqimining tezlik parametrlari (sistolik va amplitudaviy tezlik farqlarining cho‘qqisi), regional qon tomir qarshiligi, buyrak arteriyalari qon tomirlari perfuziyasi, dislipidemiya rivojlanishi bilan qon tomir qarshiligi parametrlarining oshishi aniqlandi. SBKda buyrak arteriyalari reaktivligining, shuningdek buyrak qon oqimining funksional (perfuzion) zaxirasining buzilishi, DLPning og‘irlik darajasidan qat’i nazar, DLP rivojlanishida buyrak gemodinamikasining kompensator-moslashuv funksiyalarining cheklanganligidan dalolat beradi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23668032
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0