Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

XORAZM VILOYATI MISOLIDA METABOLIK SINDROM MAVJUD AYOLLARDA GONARTROZLARNI YUZAGA KELISHIDA XAVF OMILLARINING MORFOLOGIK OQIBATLARI

Mardon Ollaberganov, Go'zal Madaminova, Behruzbek Ismailov

Urganch davlat tibbiyot instituti dotsenti, PhD
Urganch Urganch davlat tibbiyot instituti dotsenti, PhD
Urganch davlat tibbiyot instituti talabasi

Аннотация · Abstract

Prospektiv kogort tadqiqotlarining meta-tahlilida metabolik sindrom (MS) tana vazni indeksiga muvofiqlashtirilgandan keyin ham ayollarda tizza osteoartrozi xavfini 23% ga oshirgan (RR 1,23; 95% IO 1,03–1,47), erkaklarda esa bunday bog‘liqlik aniqlanmagan. O‘zbekistonda ayollarning 55,4% da abdominal semizlik, kattalarning 38% da arterial gipertenziya qayd etilgan. Orol bo‘yi mintaqasidagi gipertenziyali bemorlarning 61,4% qismi ayollar bo‘lib, ularda 2-tip qandli diabet erkaklarga nisbatan ikki baravar ko‘p uchragan. Morfologik jihatdan MS fonidagi gonartrozda sinovit va Goff yog‘ tanasining fibroz-yallig‘lanish o‘zgarishlari tog‘ay yemirilishidan oldin rivojlanadi. Keyinchalik subxondral ishemiya, xondrotsitlarda lipid va glikatsiya mahsulotlari to‘planishi hamda tog‘ay destruksiyasi bilan davom etishini tasdiqlaydi.

Сведения · Details