Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 524-529
BOSH MIYA TUG‘RUQ TRAVMALARIDAN NOBUD BO‘LGAN CHAQALOQLARDA BUYRAK USTI BEZI MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARINING POSTNATAL YASHASH DAVOMIYLIGIGA BOG‘LIQ QIYOSIY TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu tadqiqotda bosh miya tug‘ruq travmalaridan nobud bo‘lgan chaqaloqlar buyrak usti bezining morfometrik ko‘rsatkichlari postnatal yashash davomiyligiga qarab qiyosiy o‘rganildi. Buyrak usti bezining umumiy qalinligi, po‘stloq va mag‘iz qavatlari, hujayra yadrolarining o‘lchami hamda qon tomirlaridagi o‘zgarishlar tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, dastlabki 0-8 soatda bezning umumiy qalinligi 2,32±0,09 mm gacha oshgan bo‘lsa, 16-24 soatlik davrda 1,98±0,06 mm gacha kamaygan. Shu bilan birga, spongiotsitlar yadrosining maydoni kichrayib, kapillyarlar diametri va qon tomirlarning to‘laqonlilik darajasi ortgan. Ayniqsa, 16-24 soatlik davrda qon quyilishlar va hujayralardagi shikastlanish belgilari kuchaygan.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23643502
- Журнал · Journal Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0