Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 481-484

INDIVIDUAL VA SUMMA FLAVONOIDLARNING QONNING AYRIM BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Dilshoda Imomnazarovna Juraeva, Shaxnoza Erknovna Rahmonova, Kamola Lutfulloyevna Shagulyamova

Аннотация · Abstract

Endometrioz surunkali yallig‘lanish bilan kechuvchi ginekologik kasallik bo‘lib, patologik jarayon organizmning immun va metabolik holatidagi o‘zgarishlar bilan birga kechishi mumkin. Ushbu tadqiqotning maqsadi individual va summa flavonoidlarning eksperimental endometrioz sharoitida qondagi interleykin-6 (IL-6) va C-reaktiv oqsil (CRO) ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholashdan iborat. Tajriba 200–220 g vaznli, proestrus bosqichidagi yetuk urg‘ochi kalamushlarda o‘tkazildi. Endometrioz M. W. Vernon va E. A. Wilson usuli asosida modellashtirildi. Sinov namunalari 100 mg/kg dozada kuniga bir marta 4 hafta davomida peroral yuborildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim flavonoid namunalari, ayniqsa, Capparis spinosa guruhida, tajriba oxiriga kelib umumiy oqsil, leykotsitlar, glyukoza va xolesterin ko‘rsatkichlarining pasayishi kuzatildi. Natijalar flavonoidlarning endometrioz sharoitida ayrim immun-metabolik ko‘rsatkichlarga modulyatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Сведения · Details