Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 474-480

YOD TANQISLIGI BILAN BOG‘LIQ KARDIOVASKULAR XAVF OMILLARINI ERTA ANIQLASH

Muhammadkarim Jo‘rayev, Nurillo Ismoilovich Mahmudov

Аннотация · Abstract

Dolzarblik. Yod tanqisligi qalqonsimon bez funksiyasini pasaytirib, lipid almashinuvini buzadi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Farg‘ona vodiysida yod tanqisligining mahalliy o‘choqlari saqlanib qolmoqda. Maqsad. Yod tanqisligi hududida yashovchi, qalqonsimon bezida exografik o‘zgarishlar bo‘lgan o‘rta yoshli erkaklarda qalqonsimon bez funksiyasi ko‘rsatkichlari bilan kardiovaskular xavf omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish. Materiallar va usullari. 2025-yil may - 2026-yil avgust oylarida Farg‘ona viloyatining 6 ta hududida (Beshariq, Dang‘ara, O‘zbekiston, Quva, Yozyovon tumanlari va Farg‘ona shahri) 36–58 yoshdagi 175 nafar erkak tekshirildi. Asosiy guruhni qalqonsimon bezida diffuz yoki o‘choqli o‘zgarishlar aniqlangan 119 nafar, nazorat guruhini esa exografik o‘zgarishsiz 56 nafar shaxs tashkil etdi. Siydikdagi yod konsentratsiyasi (SYK), tireotrop gormon (TTG), erkin tiroksin (T4), erkin triyodtironin (T3), lipid spektri, arterial bosim, tana vazni indeksi (TVI), bel aylanasi va EKG baholandi. Natijalar. Asosiy guruhda SYK mediani 72 mkg/l (nazorat guruhida 124,5 mkg/l), TTG darajasi esa 5,55±1,04 mXB/l (nazorat guruhida 3,06±0,73 mXB/l) bo‘ldi

Сведения · Details