Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 456-464
HUDUDIY IJTIMOIY-GIGIYENIK BAHOLASH ASOSIDA BIRLAMCHI TIBBIY PROFILAKTIKA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация · Abstract
Tadqiqot maqsadi — sog‘liqni saqlash tizimi rahbarlarining nuqtayi nazaridan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini (STT) shakllantirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlarni aniqlash va shu asosda birlamchi tibbiy profilaktika tizimini takomillashtirish yo‘nalishlarini asoslash. Material va metodlar. Farg‘ona shahridagi tibbiyot tashkilotlarining 128 nafar rahbari va ma’muriyat vakili (98,6% — oilaviy poliklinikalar xodimlari) 12 ta asosiy savoldan iborat maxsus anketa yordamida so‘rovdan o‘tkazildi; ularning javoblari shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining javoblari bilan qiyoslandi. Ko‘rsatkichlar 95% ishonch oralig‘i (IO) bilan hisoblandi. Natijalar. Respondentlarning 72,9% i STTni shakllantirishda umumdavlat choratadbirlari va maxsus qonunchilikni hal qiluvchi omil deb hisobladi; fuqarolarning shaxsiy tashabbusini atigi 29,9% i, mahalliy hokimiyat faoliyatini 12,6% i, ish va o‘qish joylaridagi chora-tadbirlarni esa 11,2% i muhim deb topdi. Aholi salomatligini mustahkamlashda STTning o‘rni haqidagi yondashuvni rahbarlarning 65,9% i (95% IO 58,5–71,8) va shifokorlarning 67,8% i (95% IO 62,8–73,2) qo‘llab-quvvatladi, hamshiralarda esa bu ko‘rsatkich ishonchli darajada past bo‘ldi — 52,5% (95% IO 47,8–57,8). STT bo‘yicha o‘zini to‘liq kompetent deb hisoblovchilar rahbarlarda 27,6%, shifokorlarda 36,4%, hamshiralarda esa atigi 7,6% ni tashkil etdi. Rahbarlarning 63,8% i STT tadbirlarini iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq deb bilsa-da, ularning optimal tashkil etilganini faqat 27,9% i qayd etdi; STTni takomillashtirishning ustuvor darajasi sifatida uchastka darajasi (79,4%) ko‘rsatildi. Xulosa. Birlamchi tibbiy profilaktikani takomillashtirish uchun uchastka darajasida subyektlar o‘rtasida vakolat va mas’uliyatni aniq taqsimlash, o‘rta tibbiyot xodimlarining STT bo‘yicha kompetentligini oshirish hamda raqamli axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zarur.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23642797
- Журнал · Journal Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0