Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 443-449

BOSH MIYA TUG‘RUQ TRAVMALARIDA CHAQALOQLAR BUYRAK USTI BEZIDA HSP70, CASPASE-3 VA MC2R MARKERLARI EKSPRESSIYASINING QIYOSIY IMMUNOGISTOKIMYOVIY TAHLILI

Odinahon Rasulovna Akbarova

Аннотация · Abstract

Ushbu tadqiqotda bosh miya tug‘ruq travmalaridan nobud bo‘lgan chaqaloqlar buyrak usti bezida HSP70, Caspase-3 va MC2R markerlari ekspressiyasining immunogistokimyoviy xususiyatlari qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotda buyrak usti bezi to‘qimalarida yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlar, hujayraviy stress reaksiyalari, apoptotik jarayonlar hamda endokrin tizimning moslashuv mexanizmlariga alohida e’tibor qaratiladi. HSP70 markerining hujayralarning himoya-moslashuv reaksiyalaridagi, Caspase-3 markerining apoptoz jarayonlaridagi hamda MC2R retseptorining adrenokortikal hujayralarning gormonal boshqarilishidagi ahamiyati baholanadi. Shuningdek, markerlar ekspressiyasining tug‘ruq travmasidan keyingi yashash davomiyligiga bog‘liq xususiyatlarini o‘rganish nazarda tutiladi. Immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarning qiyosiy tahlili buyrak usti bezida rivojlanadigan patologik o‘zgarishlarning mohiyatini aniqlash, hujayraviy shikastlanish va moslashuv jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash imkonini beradi.

Сведения · Details