Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 346-349

TAJRIBAVIY GIPERXOLESTERINEMIYADA BOSH MIYADAGI MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARNI O‘RGANISH

Bekzod Rafiq o‘g‘li Vohidov

Аннотация · Abstract

Mazkur ishda dislipidemiya yurak-qon tomir kasalliklari va ateroskleroz rivojlanishining asosiy xavf omillaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Lipid almashinuvining buzilishi natijasida xolesterin va triglitseridlarning tashilishi, lipoproteinlarning oksidlanishi hamda ularning tomir devorida to‘planishi aterosklerotik jarayonning boshlanishiga olib keladi. Endotelial disfunksiya, oksidlanish stressi va yallig‘lanish reaksiyalari ateroskleroz patogenezining muhim bo‘g‘inlari hisoblanadi. Makrofaglar tomonidan lipidlarning fagotsitoz qilinishi va “ko‘pikli hujayralar” hosil bo‘lishi tomir devoridagi strukturaviy o‘zgarishlarni kuchaytiradi. Shuningdek, reaktiv kislorod turlari lipidlarning peroksidlanishini jadallashtirib, qon tomirlarining shikastlanishini chuqurlashtiradi. Tadqiqotda tajribaviy giperxolesterinemiyadagi morfologik va patofiziologik o‘zgarishlarni kompleks tahlil qilish orqali bosh miya qon tomir kasalliklarining oldini olish va ularni samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqish zarurligi asoslab berilgan.

Сведения · Details