Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 340-345
GEMORRAGIK INSULTDAN VAFOT ETGAN BEMORLAR BUYRAK USTI BEZI PO‘STLOQ QAVATI ZONALARINING MORFOMETRIK TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada gemorragik insultdan vafot etgan bemorlarda buyrak usti bezi po‘stloq qavati zonalarining morfologik va morfometrik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot uchun 2019-2024-yillarda Respublika patologik anatomiya markazida gemorragik insultdan vafot etgan 76 nafar bemorning autopsiya materiallaridan olingan buyrak usti bezi to‘qimalari o‘rganildi. Buyrak usti bezi to‘qimalaridan tayyorlangan gistologik preparatlar gematoksilin-eozin usulida bo‘yalib, yorug‘lik mikroskopida tekshirilgan. Tekshiruv davomida po‘stloq qavatning koptokchali, tutamli va to‘rsimon zonalaridagi hujayralarning joylashishi, to‘qimalarning tuzilishi va qon tomirlarining holatiga alohida e’tibor qaratilgan. Morfometrik tahlilda ushbu zonalarning qalinligi va umumiy po‘stloq qavatdagi nisbiy ulushini baholash asosiy mezon sifatida belgilangan. Shuningdek, gemorragik insult davomiyligiga qarab zonalardagi o‘zgarishlarni o‘zaro taqqoslash nazarda tutilgan. Tadqiqot gemorragik insultning og‘ir kechishi bilan bog‘liq holda buyrak usti bezi po‘stloq qavatida yuzaga keladigan strukturaviy o‘zgarishlarni o‘rganish va ularning patologoanatomik ahamiyatini baholashga qaratilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23434200
- Журнал · Journal Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0