Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 219-225

BOLALARDA GIPERTROFIK GINGIVITNI DAVOLASH SAMARADORLIGINI KLINIK VA PERIODONTAL INDEKSLAR ASOSIDA BAHOLASH

Sayyora Tursunovna Eshimova, Saidmurodxon Saida’loevich Murtazayev

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarda periodontal to‘qimalarning yallig‘lanish kasalliklari hamda zamonaviy bolalar stomatologiyasining dolzarb muammolari yoritilgan. Gingivitning gipertrofik shakli gingival to‘qimalarning hajman kattalashishi, qizarishi, shishishi, qonashga moyilligi, tish toj qismining qisman yopilishi va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasining murakkablashishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallikning rivojlanishida dental biofilm, og‘iz gigiyenasining qoniqarsizligi, tishlarning zich joylashuvi, ortodontik omillar, pubertat davridagi gormonal o‘zgarishlar, shuningdek, ayrim umumiy kasalliklar va dori vositalari muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bolalik va o‘smirlik davrida periodontal to‘qimalarning anatomik-fiziologik xususiyatlari mavjudligi sababli gipertrofik gingivitni diagnostika qilish va davolashda kattalarga nisbatan farqli yondashuv talab etiladi. Shu sababli davolash samaradorligini faqat klinik ko‘rinish asosida emas, balki standartlashtirilgan periodontal indekslar yordamida obyektiv baholash alohida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Сведения · Details