Central Asian Research Index

Kompozitsion materiallar, 2025, № 2, с. 68-71

EPOKSID SMOLASI, POLIETILEN-POLIAMIN VA MAHALLIY BENTONIT GILMOYALARI ASOSIDA POLIMER KOMPOZITSIYALAR OLISH VA ULARNING SORBSION XOSSALARINI O'RGANISH

Mavluda Xidirova, Muzaffar Mahkamov

National University of Uzbekistan

Аннотация · Abstract

Annotatsiya. Ishda maxalliy bentonit gilmoyasi ishtirokida epoksid smolasi hamda polietilenpoliaminni reaksiyaga kiritish orqali turli tarkibga ega polimer kompozitsiyalar olingan. Olingan kompozitsiyalarning tuzilishi va morfologiyasi IQ- spektroskopiya va SEM analiz usullari yordamida o‘rganildi. Olingan natijalar tahlili asosida polimer kompozitsiyalarning tuzilishi va hosil bo‘lish mexanizmi taklif qilingan. Ushbu kompozitsiyalarning suvli eritmalaridan organik bo‘yoq moddalarini sorbsiya qilish statik sharoitda o‘rganilgan. Natijada ushbu kompozitsiyalar suvli eritmalardan kislotali bo‘yoqlarni samarali sorbsiya qilishi aniqlanib, bu ulardan kelgusida tekstil korxonalari oqava suvlarini tozalashda foydalanish imkonini beradi.

Сведения · Details