Central Asian Research Index

Termiz davlat pedagogika instituti ilmiy xabarnomasi, 2026, т. Maxsus son /2025

KORROZIYA INGIBITORI UCHUN ALKILIMIDOZOLIN HOSILALARI SINTEZI

Kadirov Xasan Irgashevich, Alimova Madina Toʻlqin qizi Usmonova Yulduz Sheraliyevna

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Аннотация · Abstract

Imidozolin hosilalari sintez qilishning haroratga bog‘liqligi va katalitik usuli taqqoslandi. Aniqlandiki, paxta moyi tarkibiga kiruvchi yog‘ kislotalari va etilendiamin 1:1 nisbatlari hamda 190 va 240 0C haroratlarda ta’sirlashuvchi monoamidlar va imidozolin hosilalari hosil bo‘lishi bilan amalga oshadi. Olingan mahsulotlar tarkibiga metanol, formaldegid va monoetanolaminni vakumda haydash kub qoldig‘i qo‘shilib, kompozisiyalar tayyorlandi va aniqlandiki, faol asos miqdorining oshishi bilan korroziyadan himoyalash darajasi ham ortadi, sinergetik samarali qo‘shimchalardan metanol va formaldegidning miqdori 10 g gacha bo‘lganda, MEAKQ ning miqdori esa 5 g bo‘lganda korroziyadan himoyalash darajasi yuqori bo‘lib, namunalarni xlorid kislotaning dozasi 15 va 23 % bo‘lgan sharoitlarda saqlashdan, ingibitor konsentratsiyasi 10 g/l bo‘lganda mos ravishda 99,6 va 99,01 % ni tashkil etadi. Etilendamin sintezlash uchun ZnO  NiO  CuO  Сr2О3  Аl2O3 tarkibli, SXMNA seriyali katalizatorlar sistemasi tanlanib, toza va tozalangan MEA xomashyo sifatida taqqoslab ko‘rildi. Alkilimidozolin hosilalari sintez qilishning haroratga bog‘liqligi aniqlandi. Olingan mahsulotlarni korroziya ingibitori sifatida tekshirib koʻrilgan va ekologiyaga ta'sirlari oʻrganilgan.

Сведения · Details