Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
HAVO SIFATI BOʻYICHA OGOHLANTIRISH TIZIMLARINING RESPIRATOR KASALLIKLAR PROFILAKTIKASIDAGI SAMARADORLIGI: TIZIMLI-ANALITIK SHARH
Central Asian Medical University katta o'qituvchisi, Farg'ona, Oʻzbekiston
Аннотация · Abstract
Maqolada havo sifati boʻyicha ogohlantirish tizimlarining (Havo sifati indeksi — AQI — asosidagi ogohlantirishlar) respirator kasalliklar profilaktikasidagi samaradorligi xalqaro ilmiy dalillar asosida tizimli-analitik sharh shaklida baholangan. Samaradorlik uch darajada — ogohlantirishlarga rioya qilish va himoya xulq-atvori, ifloslanish ta'sirini kamaytirish hamda respirator hodisalar (tez yordamga murojaatlar, gospitalizatsiya) darajasida — tahlil qilindi. Toronto aholisi (taxminan 2,6 mln kishi, 2003–2012) misolidagi kvazi-eksperimental tadqiqotda ogohlantirish e'lon qilingan kunlari astma bilan bogʻliq shoshilinch murojaatlar 25% ga kamaygan, boshqa natijalar boʻyicha ishonchli farq aniqlanmagan. Ogohlantirishlarga rioya qilish darajasi koʻpincha yetarli emasligi koʻrsatildi. Toshkent va Fargʻona vodiysi sharoitida ogohlantirish tizimini shifokorlar faoliyati bilan bogʻlash, zaif guruhlarga yoʻnaltirilgan va JSST 2021 tavsiyalariga asoslangan pogʻonali tizim joriy etish hamda uning samaradorligini mahalliy ma'lumotlarda baholash tavsiya etiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23228861
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0