Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 296-299

GIPOGONADOTROP GIPOGONADIZMLI AYOLLARDA ERTA MIOKARD REMODELLANISHINING ELEKTROKARDIOGRAFIK VA EXOKARDIOGRAFIK BELGILARI: KASALLIK DAVOMIYLIGI VA GORMONAL O‘RNINI BOSUVCHI TERAPIYANING AHAMIYATI

Dilafruz Ismatullo qizi Hamroyeva, Dilorom Sharifovna Xolova

Аннотация · Abstract

Gipogonadotrop gipogonadizm uzoq davom etuvchi gipoestrogenizm tufayli yurakning struktur-funksional moslashuviga klinik kasallik paydo bo‘lishidan oldin ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi gipogonadotrop gipogonadizmli ayollarda elektrokardiografik va exokardiografik erta o‘zgarishlarni aniqlash hamda ularning kasallik davomiyligi va gormonal o‘rnini bosuvchi terapiya bilan bog‘liqligini baholashdan iborat. Tahlilga 18–44 yoshdagi 77 nafar bemor va 50 nafar amalda sog‘lom ayol kiritildi. Asosiy guruhda chap qorincha chiqarish fraksiyasi 59,4±1,9% bo‘lib, nazoratdagi 62,1±3,8% ga nisbatan past, yakuniy sistolik o‘lcham va qorinchalararo to‘siq qalinligi esa yuqori edi. Muntazam gormonal terapiya olganlarda chiqarish fraksiyasi yuqoriroq va chap qorincha o‘lchamlari kichikroq bo‘ldi. Kasallik ≥5 yil davom etganda chiqarish fraksiyasi 58,1±3,5% gacha pasayib, sistolik o‘lcham va to‘siq qalinligi oshdi. EKGda sinus taxikardiyasi, ST–T o‘zgarishlari va repolyarizatsiya buzilishlari terapiyasiz hamda uzoq davom etgan kasallik guruhlarida ko‘proq uchradi, biroq kategorik farqlar statistik ahamiyatga yetmadi. Ilmiy yangilik EKG va EchoCG belgilarini terapiya va kasallik davomiyligi bo‘yicha stratifikatsiya qilgan holda birgalikda, original klinik ma’lumot sifatida baholashdan iborat.

Сведения · Details