Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 277-283
BOLALARDA NOEPILEPTIK PAROKSIZMAL HOLATLARNING KLINIK-SEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA DIFFERENSIALDIAGNOSTIK MEZONLARI
Аннотация · Abstract
Dolzarbligi. Bolalarda noepileptik paroksizmal holatlar klinik jihatdan epileptik xurujlarga o‘xshash bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq patogenetik va neyrofiziologik jihatdan geterogen hodisalar guruhini tashkil etadi. Maktab yoshidagi bolalarda hushning qisqa muddatli buzilishi, sinkopal holatlar, funksional (psixogen noepileptik) tutqanoqlar, paroksizmal harakat fenomenlari, psixovegetativ va giperventilyatsion epizodlar differensial tashxisning asosiy obyektlaridan hisoblanadi. Pediatrik video-EEG monitoring markazida o‘tkazilgan 15 yillik tahlilda 1173 bolaning 226 nafarida, ya’ni 19,3% holatda yakuniy tashxis noepileptik paroksizmal hodisa bo‘lgan; ushbu bemorlarning 46,5% i avval epilepsiya tashxisini olgan, noepileptik tabiati aniqlangach esa 24,8% da antixuruj preparatlari to‘xtatilgan. Bu ma’lumotlar noto‘g‘ri tashxisning klinik ahamiyatini ko‘rsatadi [2]. Bolalarda noepileptik paroksizmal holatlar klinik jihatdan epileptik xurujlarga o‘xshash bo‘lib, differensial tashxisda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Tadqiqotning maqsadi 7–14 yoshli bolalarda ushbu holatlarning klinik-semiologik xususiyatlari va sindromologik spektrini baholash hamda epileptik xurujlardan farqlovchi diagnostik belgilarni tizimlashtirishdan iborat. 2024–2025 yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida paroksizmal holatlar bilan murojaat qilgan 195 nafardan ortiq bola dastlabki tekshiruvdan o‘tkazildi. Belgilangan mezonlar asosida 65 nafar bola tadqiqotga kiritilib, 37 nafari (56,9%) asosiy va 28 nafari (43,1%) taqqoslash guruhini tashkil etdi. Paroksizmlarning triggerlari, davomiyligi, takrorlanishi, hush holati, motor, vegetativ va emotsional belgilari, shuningdek, xurujdan oldingi va keyingi holatlar kompleks baholandi. Natijalar noepileptik paroksizmlarni tashxislashda xurujning to‘liq klinik-semiologik profilini baholash muhimligini ko‘rsatdi. Differensial diagnostikada klinik ma’lumotlarni nevrologik tekshiruv, EEG/video-EEG hamda zaruratga ko‘ra kardiologik va psixonevrologik baholash natijalari bilan kompleks tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23086668
- Журнал · Journal Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0