Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 236-238
XAVF OMILLARI ASOSIDA GLAUKOMANI ERTA ANIQLASH SKRININGI VA PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация · Abstract
Glaukoma ko‘ruv nervining progressiv zararlanishi va ko‘rish maydonining buzilishi bilan kechuvchi surunkali oftalmologik kasalliklardan biridir. Kasallikning dastlabki bosqichlarida klinik belgilar kam yoki umuman sezilmasligi uning erta aniqlanishini qiyinlashtiradi. Ushbu maqolada glaukomaning rivojlanishi bilan bog‘liq asosiy xavf omillari va ularni kompleks baholash asosida maqsadli skriningni tashkil etish masalalari yoritilgan. Yosh, irsiy moyillik, ko‘z ichi bosimi, qandli diabet, arterial gipertenziya, miopiya va boshqa oftalmologik omillarning ahamiyati tahlil qilingan. Xavf omillariga asoslangan yondashuv orqali yuqori xavf guruhlarini aniqlash, ularni maqsadli oftalmologik tekshiruvga yo‘naltirish va profilaktik kuzatuvni takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada birlamchi tibbiy-sanitariya yordam bosqichidan boshlab glaukomani erta aniqlashga qaratilgan amaliy algoritm taklif etiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23036018
- Журнал · Journal Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0