Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 226-231

TO‘QIMACHILIK SANOATI AYOL XODIMALARIDA SURUNKALI TARQOQ PARODONTIT RIVOJLANISHINING XAVF OMILLARI VA DAVOLASH SAMARADORLIGINI OPTIMALLASHTIRISH ASOSLARI

Umarova Nu’monovna Odinaxon, Abdumutalib Yo‘ldoshevich Ahmedov

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoati ayol xodimalarida surunkali tarqoq parodontit rivojlanishining xavf omillari va davolash samaradorligini optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda to‘qimachilik korxonalarining bo‘yash-tayyorlash sexlarida ishlovchi ayollarda parodont to‘qimalarining holati, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi darajasi va parodontopatogen mikroflora tarkibi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, to‘qimachilik sanoatidagi ishlab chiqarish omillari, xususan, kimyoviy bo‘yoqlar, organik erituvchilar va tola changlari parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ish staji ortishi bilan parodontitning og‘irlik darajasi ham ishonchli ravishda ortib boradi. Ishlab chiqilgan kompleks davolash sxemasi an’anaviy davolash usullariga nisbatan yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi.

Сведения · Details