Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
PROSTATA BEZINING GOLMIY LAZER ENUKLEATSIYASI (HOLEP) VA ROBOTIK ODDIY PROSTATEKTOMIYA (RASP) PERIOPERATSION VA FUNKSIONAL NATIJALARINING QIYOSIY TAHLILI: ADABIYOTLAR SHARHI
"Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" Davlat Muassasasi jarrohlik bo'limi mudiri, t.f.d.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti urologiya kafedrasi assistenti
Аннотация · Abstract
Prostata bezining golmiy lazer enukleatsiyasi (HoLEP) va robot yordamida bajariladigan oddiy prostatektomiya (RASP) katta hajmli prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini (PBXG) jarrohlik yo'li bilan davolashda ochiq prostatektomiyaga minimal invaziv muqobil usullar sifatida keng qo'llanilmoqda, biroq ularning perioperatsion va funksional natijalarini bevosita taqqoslovchi umumlashtirilgan tahlil yetarli emas. Ushbu adabiyotlar sharhining maqsadi 18 ta ilmiy manba (tizimli sharh, meta-tahlil va qiyosiy kogort tadqiqotlari) asosida ikkala usulning operatsiya davomiyligi, qon yo'qotilishi, kateterizatsiya va shifoxonada yotish muddati hamda siyish funksiyasi (IPSS, Qmax, PVR, QoL) ko'rsatkichlarini qiyosiy baholashdan iborat. Natijalarga ko'ra, HoLEP RASPga nisbatan kateterizatsiya muddatining qisqaligi, qon yo'qotilishi va qon quyishga ehtiyojning kamligi hamda ko'pchilik tadqiqotlarda shifoxonada yotish muddatining qisqaroqligi bilan ajralib turadi; operatsiya davomiyligi bo'yicha esa yagona xulosaga kelib bo'lmaydi. Funksional natijalar ikkala usulda deyarli bir xil bo'lib, faqat bitta yirik meta-tahlilda RASP foydasiga uzoq muddatli IPSS yaxshilanishi ustunligi qayd etilgan. Xulosa qilib aytganda, HoLEP tezroq perioperatsion tiklanish bilan ajralib tursa, funksional samaradorlik jihatidan ikkala usul taqqoslanadigan darajada bo'lib, bu natijalar amaliy jarrohlik amaliyotida usul tanlashda muhim klinik ahamiyat kasb etadi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23032735
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0