Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

BOLALARDA HAZM TIZIMINING FAOLIYATI VA AHAMIYATI

Naimaxon Xodjayeva, Nazifahon Sharipova, Sadbarxon Mavlonova

Namangan davlat universiteti Anatomiya va fiziologiya kafedradasi O'qituvchisi
Namangan davlat universiteti Anatomiya va fiziologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi
Namangan davlat universiteti Anatomiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada bolalar organizmida hazm tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari, oziq moddalarni mexanik va kimyoviy qayta ishlash jarayonlari, so‘rilish, ichak mikrobiotasi hamda yoshga bog‘liq funksional o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bolalik davrida hazm tizimi hali to‘liq yetilmaganligi sababli ovqatlanish tarkibi, ovqatlanish rejimi, gigiyena va ratsionning muvozanatlanganligi bolaning o‘sishi va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada adabiyotlar tahliliga tayangan holda hazm jarayonining asosiy bosqichlari tizimlashtirildi, bolalar va kattalar hazm tizimi o‘rtasidagi muhim farqlar umumlashtirildi hamda amaliy profilaktik tavsiyalar shakllantirildi. Natijalar maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish, hazm buzilishlarining oldini olish va pedagogik-tibbiy hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi

Сведения · Details