Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
VINIRLAR TAYYORLASH UCHUN STOMATOLOGIK KERAMIKANING ASOSIY TURLARINI QIYOSIY BAHOLASH
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Аннотация · Abstract
Zamonaviy stomatologik materiallarning klinik amaliyotga joriy etilishi tabiiy tish estetikasi va funksional ishonchliligini o‘zida mujassam etuvchi adgeziv mikroprotezlar — vinirlar yordamida tishlarning shakli va rangini tiklash imkoniyatlarini kengaytirdi. Vinirlar tayyorlash uchun turli xil materiallar mavjud. Bularga dala shpati keramikasi, litiy disilikati asosidagi shishakeramika, shuningdek, sirkoniy dioksidi asosidagi keramika kiradi. Adabiyotlar ma’lumotlarini o‘rganib, biz vinirlar tayyorlashda qo‘llaniladigan turli materiallarning ijobiy va salbiy xususiyatlarini tahlil qildik. Sirkoniy dioksidi asosidagi keramika va litiy disilikati kristallari bilan mustahkamlangan shishakeramika kabi materiallar optimal estetik va fizik-mexanik xususiyatlarga ega. Bu esa bemorlarning ortib borayotgan talablarini qondirish hamda vinirlarning xizmat muddatini minimal xavf bilan uzaytirish imkonini beradi. Ushbu materiallar egilishga yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, sirkoniy dioksidi uchun bu ko‘rsatkich 1554 MPa, litiy disilikat asosidagi shisha keramika uchun esa taxminan 400 MPa ni tashkil etadi, bu esa ortopedik konstruksiyalarning xizmat qilish muddatini uzaytirishga va asoratlar chastotasini kamaytirishga yordam beradi
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23006732
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0