Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
HAGLUND KASALLIGI: ZAMONAVIY TASHXIS VA DAVOLASH YONDASHUVLARI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Travmatologiya va ortopediya yo'nalishi 2-kurs klinik ordinatori
Аннотация · Abstract
Haglund kasalligi (Haglund deformatsiyasi, sinonim – Haglund sindromi) – tovon suyagining orqa-yuqori qismida shakllanadigan suyak oʻsigʻi boʻlib, u axilles paychasi va retrokalkaneal xaltachaning surtilishi natijasida orqa tovon sohasidagi surunkali og‘riq sindromining keng tarqalgan, ammo mahalliy amaliyotda kam yoritilgan sababidir. Ushbu sharh maqolada kasallikning etiopatogenezi, klinik-radiologik tashxis mezonlari, shuningdek, konservativ va zamonaviy minimal invaziv jarrohlik davolash usullari 2019–2025-yillarda chop etilgan ingliz va rus tilidagi adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Maqolada Haglund kasalligining respublikamizdagi sport faoliyati va mahalliy poyabzal ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq tarqalish omillari o‘rganilib, bemorlarni davolashning amaliy algoritmi asoslab berilgan
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23006650
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0