Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 181-184

“ONANING HAVONI IFLOSLANTIRUVCHI MODDALARGA SURUNKALI TA’SIRLANISHI SHAROITIDA NASL JIGARINING POSTNATAL RIVOJLANISHI VA DIFFERENSIALLANISHINING XUSUSIYATLARINI IMMUNOGISTOKIMYOVIY BAHOLASH USULI”

Feruza Xusanovna Azizova, G‘ayrat Abdusalomovich Abdusalomov, Soatjon Sodikovich Mamasidikov, Qobil Xakimovich Xasanov

Аннотация · Abstract

Onaning homiladorlik davrida atmosfera havosining ifloslanishiga surunkali ta’sirlanishi naslning jigar rivojlanishiga platsenta va ona suti orqali salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi zamonaviy tibbiyot fanida faol o‘rganilayotgan dolzarb yo‘nalishlardan biridir. Ushbu tadqiqotning maqsadi onaning havoni ifloslantiruvchi moddalarga surunkali ta’sirlanishi sharoitida nasl jigarining postnatal rivojlanishi va differensiallanishini immunogistokimyoviy usulda baholashdan iborat. Tadqiqot uch eksperimental guruh — Nazorat (HEPA bilan filtrlangan havo), 1-tajriba (oddiy shahar havosi) va 2-tajriba (sun’iy ravishda kuchli ifloslangan havo) — asosida amalga oshirildi. Onalar homiladorlik va laktatsiya davrida tegishli havo sharoitiga uchratildi. Kalamushlar nasli postnatal ontogenezning 7-, 14-, 21- va 30-kunlarida tekshiruvga olindi (n=96). Jigar to‘qimasida Ki-67, Caspase-3 va CD68 musbat hujayralar soni bevosita sanaldi va Kraskel-Uollis mezoni yordamida tahlil qilindi. Nazorat guruhida barcha ko‘rsatkichlar fiziologik tarzda pasaydi. 2-tajriba guruhida Caspase-3 ko‘rsatkichi progressiv ravishda oshib, 30-kunga kelib maksimal darajaga (12,7±6,4) yetdi (Nazoratda 0,3±0,7; p

Сведения · Details