Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 128-133

TIZZA BO‘G‘IMINING YIRINGLI OSTEOARTRITIDA KLINIK-LABORATOR VA INSTRUMENTAL KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA INDIVIDUAL DAVOLASH TAKTIKASINI TANLASH

Shomurod Eshpoʻlat oʻgʻli Shoimov

Аннотация · Abstract

Tizza bo‘g‘imining yiringli osteoartriti bo‘g‘im tuzilmalari va atrofdagi to‘qimalarda yallig‘lanish-yiringli jarayonning rivojlanishi bilan kechuvchi, o‘z vaqtida tashxislash va kompleks davolashni talab qiladigan og‘ir ortopedikinfeksion kasalliklardan biridir. Mazkur tadqiqotning maqsadi tizza bo‘g‘imining yiringli osteoartritida klinik-laborator va instrumental ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida individual davolash taktikasini tanlash imkoniyatlarini asoslashdan iborat. Tadqiqot materiali sifatida 2025-2026-yillarda tizza bo‘g‘imi yiringli osteoartriti bilan murojaat qilgan bemorlarning klinik ma’lumotlari hamda ushbu yo‘nalishda bajarilgan jarrohlik amaliyotlari olindi. Ko‘rsatilgan davrda 120 nafar bemor murojaat qilgan, ulardan kamida 70 nafariga operativ davolash bajarilgan, 30 nafar bemor ilmiy kuzatuv guruhiga kiritilgan va 28 nafar bemorda artrodez amaliyoti bajarilgan. Surunkali yiringli jarayonlarda antibiotikli individual spacerlardan foydalanish, infeksiyani nazorat qilish va keyingi total tizza endoprotezlashga tayyorlash istiqbolli davolash strategiyasi sifatida baholandi. Individual taktika tanlashda klinik holat, yallig‘lanish faolligi, bo‘g‘im destruksiyasi, suyak va yumshoq to‘qimalarning zararlanish darajasi hamda bemorning funksional holatini birgalikda hisobga olish maqsadga muvofiq.

Сведения · Details