Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
YOSHGA BOG'LIQ MAKULA DEGENERATSIYASIDA RETINAL PIGMENT EPITELIYSIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O'ZGARISHLAR
Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg'ona filiali oftalmologi
Аннотация · Abstract
Yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasi (YBMD) markaziy ko‘rishning progressiv pasayishiga olib keluvchi degenerativ retinal kasalliklardan biri bo‘lib, uning patogenezida retinal pigment epiteliysi (RPE) hujayralaridagi strukturaviy va funksional o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada YBMD sharoitida RPEda kuzatiladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar, ularning rivojlanish xususiyatlari hamda kasallik patogenezidagi ahamiyati zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. RPE hujayralarining shakli va o‘lchami, hujayra mozaikasining yaxlitligi, pigmentatsiya xususiyatlari, hujayra zichligi, degenerativ va atrofik o‘zgarishlar, shuningdek RPE–Bruch membranasi–fotoretseptor kompleksi holati asosiy baholash mezonlari sifatida ko‘rib chiqildi. Adabiyotlar tahlili RPE hujayralarining geterogenlashuvi, zichligining kamayishi, hujayra maydoni va shakl parametrlarining o‘zgarishi, pigmentning qayta taqsimlanishi hamda geografik atrofiya chegarasida strukturaviy qayta tashkil topish YBMD progressiyasi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Morfologik tavsifni morfometrik ko‘rsatkichlar bilan uyg‘unlashtirish patologik jarayonning og‘irligi va tarqalishini yanada obyektiv baholash, shuningdek klinik tasvirlash usullarida kuzatiladigan belgilarni histomorfologik asoslash imkonini beradi
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.22886975
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0