Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 123-127

GENERALIZATSIYALASHGAN EPILEPSIYADA KLINIK, NEYROPSIXOLOGIK VA NEYROTROFIK KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA INTEGRAL BAHOLASH MODELINI ISHLAB CHIQISHGA DASTLABKI YONDASHUV

Ra’nogul Hoji qizi Fayziyeva, Ra’no Bahodirovna Azizova

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada generalizatsiyalashgan epilepsiyali bemorlarning joriy klinik holatini kompleks tavsiflash uchun klinik, neyropsixologik, elektroensefalografik va neyrotrofik ko‘rsatkichlarga asoslangan dastlabki integral baholash yondashuvi taqdim etildi. Tadqiqotda jami 98 nafar ishtirokchi, jumladan, generalizatsiyalashgan epilepsiyali 46 nafar bemor, struktur fokal epilepsiyali 37 nafar bemor va 15 nafar sog‘lom nazorat guruhi vakili tekshirildi. Kognitiv funksiyalar MoCA testi, xavotir va depressiv simptomlar HADS shkalasi yordamida baholandi. Qon zardobidagi nerv o‘sish omili (NGF) darajasining neyropsixologik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi Spearman korrelyatsion tahlili yordamida o‘rganildi. Generalizatsiyalashgan epilepsiyali bemorlarda NGF va MoCA ko‘rsatkichlari o‘rtasida musbat korrelyatsiya qayd etildi (ρ = 0,49; p < 0,001). NGF va HADS-D ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik ahamiyatlilik mezoniga erishmadi (ρ = 0,29; p = 0,054). Klinik va tekshiruv ko‘rsatkichlarini birgalikda hisobga oluvchi dastlabki integral baholash mezonlari taklif etildi. Modelning prognostik qiymati, bemorlarning baholash toifalari bo‘yicha taqsimoti va klinik samaradorligi ushbu bosqichda tekshirilmagan.

Сведения · Details