Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 75-80

BACHADON MIOMASINING TURLI TOPIK VARIANTLARI MAVJUD AYOLLARDA EXOGRAFIK TADQIQOT NATIJALARI

Mexriniso Yorkibekovna Muxitdinova, Sadoqatxon Shokirova

Аннотация · Abstract

Ushbu tadqiqotda bachadon miomasining turli topik variantlari mavjud reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriyning exografik xususiyatlari qiyosiy baholandi. Tadqiqotga FIGO tasnifi bo‘yicha submukoz (FIGO 0–2), intramural va intramural-subseroz (FIGO 3–5), hamda subseroz (FIGO 6–7) miomasi mavjud 120 nafar ayol va 30 nafar shartli sog‘lom ayol jalb qilindi. Exografik tekshiruv davomida endometriy qalinligi, uning “uch chiziqli” strukturasi, bachadon bo‘shlig‘i deformatsiyasi, endometriy qalinligi asimmetriyasi, bazal qatlam holati, endometriy–miometriy chegara sohasining aniqligi va lokal yupqalashish belgilari tahlil qilindi. Natijalar FIGO 0–2 submukoz miomalarda bachadon bo‘shlig‘i deformatsiyasi va bazal qatlam o‘zgarishlari, FIGO 3–5 intramural miomalarda esa endometriy– miometriy chegara sohasining noaniqligi va endometriyning lokal yupqalashishi ko‘proq uchrashini ko‘rsatdi. FIGO 6–7 subseroz miomalarda endometriyga bevosita ta’sir belgilari nisbatan kam kuzatildi. Olingan ma’lumotlar bachadon miomasining topik joylashuvi endometriyning morfofunksional holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Exografik baholash mioma bilan bog‘liq endometriy o‘zgarishlarini erta aniqlash va davolash taktikasini individuallashtirishda muhim noinvaziv diagnostik usul hisoblanadi.

Сведения · Details