Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 58-62

PROSTATA BEZI SARATONI DAVOLANGANIDAN KEYIN URODINAMIK TEST NATIJALARINING TAHLILI

Erkin Bekmirzayevich Haqqulov, Jaloliddin Usmonxon o‘g‘li Alimov, Akmaljon Ortig‘ali o‘g‘li Rahmatullayev, Akmaljon Alijon o‘g‘li Sabirov

Аннотация · Abstract

Saratonning barcha turlarida muvaffaqiyatli davolash va sog‘liqni saqlash uchun bemorlarni erta aniqlash zarur. Biroq prostata bezi saratonining aksariyat holatlari sekin rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli («xavfi past» o‘sma deb tasniflanadi), erkaklar faol kuzatuv strategiyasini xavfsiz qo‘llash orqali darhol davolanish va u bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlardan qochishlari mumkin [6]. Prostata bezi saratoni va qovuq giperfaolligi bo‘lgan bemorlarda androgen deprivativ terapiya fonida kompleks yordamchi terapiyaning urodinamik simptomlarga ta’sirini baholash, davolashdan keyingi davrda siydik chiqarish funksiyasidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish hamda terapiya samaradorligini 1, 3 va 6 oylik kuzatuv natijalari asosida aniqlash. Tadqiqot uchun materiallar 2020-2025 yillar davomida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali va Samarqand viloyat hududlararo Hospisida o‘tkazilgan klinik tadqiqot doirasida to‘plangan. Asosiy ma’lumotlar to‘plamiga prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan va qovuqning giperfaolligi ko‘rinishidagi urologik patologiyasi bo‘lgan bemorlar haqidagi ma’lumotlar kiritilgan. to‘liq bo‘shanmasligi alomatini tahlil qilganda, davolanishdan oldin simptomlarning yo‘qligi (0 ball) asosiy guruhdagi bemorlarning 12,3%ida, nazorat guruhining 9,1%ida va giperfaol qovuq terapiyasisiz androgen-deprivatsion terapiya guruhining 10,0%ida aniqlandi. Belgilar juda sust ifodalangan (1 ball) holatlar mos ravishda guruhlar ishtirokchilarining https://tibbiyot-talimi-va-innovatsiyalari.uz Sentabr, 2026-yil. 9-son TIBBIYOT TALIMI VA INNOVATSIYALARI 18,5%, 18,2% va 16,6%ida kuzatilgan. Yengil ifodalangan belgilar (2 ball) har bir guruhdagi bemorlarning 23,1%, 23,6% va 22,3%ida kuzatilgan. Prostata bezi saratoni va qovuqning giperfaolligi bo‘lgan bemorlarda 6 oylik terapiyadan keyingi ma’lumotlarga asoslanib, quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: natijalar shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatli davolanish bemorlarda urodinamik alomatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Qovuqning to‘liq bo‘shanmasligi, peshob chiqarish chastotasi, peshob chiqarishning uzilib-uzilib kelishi va boshqa alomatlar bo‘lmagan bemorlarning foizi 6 oylik terapiyadan so‘ng sezilarli darajada oshdi.

Сведения · Details