Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
ARTERIAL GIPERTENZIYANI DAVOLASHDA ZAMONAVIY ANTIHIPERTENZIV DORI VOSITALARINING FARMAKODINAMIK VA FARMAKOKINETIK XUSUSIYATLARI
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Morfologik fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Аннотация · Abstract
Arterial gipertenziya yurak-qon tomir kasalliklari, insult, miokard infarkti, yurak va buyrak yetishmovchiligi xavfini oshiruvchi yetakchi modifikatsiyalanadigan omillardan biridir. Ushbu maqolada zamonaviy antihipertenziv dori vositalarining asosiy guruhlari - angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAFI), angiotenzin II retseptorlari blokatorlari (ARB), kalsiy kanallari blokatorlari (KKB), tiazid va tiazidsimon diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar hamda mineralokortikoid retseptorlari antagonistlarining farmakodinamik va farmakokinetik xususiyatlari tahlil qilindi. Dori tanlashda qon bosimini pasaytirish kuchi bilan bir qatorda ta’sir boshlanishi va davomiyligi, yarim chiqarilish davri, metabolizm yo‘li, buyrak va jigar funksiyasi, dori-dori o‘zaro ta’siri, komorbid holatlar va bemorning davolashga rioya qilishi hisobga olinishi zarurligi asoslandi. O‘zbekiston Respublikasining arterial gipertenziya bo‘yicha milliy klinik protokoli, JSST tavsiyalari va farmakologik adabiyotlar asosida kombinatsiyalangan terapiyaning klinik-farmakologik afzalliklari yoritildi
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.22774393
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0