Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

MORFOLOGIK O'ZGARISHLARNI KALSITONIN MARKERINING IMMUNOGISTOKIMYOVIY EKSPRESSIYASI ASOSIDA BAHOLASH

Nargizaxon Haydarova

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, O'zbekiston A. Navoiy ko'chasi, 1-uy

Аннотация · Abstract

Mazkur tadqiqotda polipragmaziya sharoitida qalqonsimon bezda yuzaga keladigan morfologik va funksional o‘zgarishlar kalsitonin immunogistokimyoviy markeri yordamida baholandi. Tadqiqot davomida qalqonsimon bez follikulalari, follikulyar epiteliy, stromal tuzilmalar hamda kalsitonin ishlab chiqaruvchi parafollikulyar C-hujayralarning holati o‘rganildi. Immunogistokimyoviy tahlil natijalariga ko‘ra, qo‘llanilgan preparatlar sonining ortishi bilan C-hujayralarning joylashuvi, soni va kalsitonin ekspressiyalanish darajasida o‘zgarishlar kuzatildi. Ushbu holat polipragmaziya qalqonsimon bezning nafaqat morfologik tuzilishiga, balki kalsiy-fosfor almashinuvini boshqarishda ishtirok etuvchi parafollikulyar hujayralarning funksional faolligiga ham ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Kalsitonin markeri polipragmaziya bilan bog‘liq qalqonsimon bez o‘zgarishlarini baholashda muhim immunogistokimyoviy mezon hisoblanadi.

Сведения · Details