Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 9, с. 16-22

SEREBROVASKULYAR KASALLIKLARDA BUYRAK SHIKASTLANISHINING ISHEMIK- GIPOKSIK MEXANIZMLARI: HIF-1Α VA TGF-Β1 KO‘RSATKICHLARINING YOSHGA BOG‘LIQ O‘ZGARISHLARI

Nodirbek Uroyimjonovich Abdullaev, Iqboljon Maribjonovich Mamajonov

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada serebrovaskulyar kasalliklar fonida buyrak to‘qimasida rivojlanadigan ishemik- gipoksik o‘zgarishlar va ularning yoshga bog‘liq xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda buyrak shikastlanishining asosiy bosqichlarini baholash uchun HIF-1α, 8-OHdG, Caspase-3 va TGF-β1 markerlaridan foydalanildi. HIF-1α to‘qimadagi gipoksiya darajasini, 8-OHdG oksidlovchi stressni, Caspase-3 hujayra apoptozini, TGF-β1 esa fibroz jarayonini baholash imkonini berdi. Olingan natijalar yosh ortishi bilan buyrak to‘qimasida gipoksiya, oksidlovchi shikastlanish va hujayra o‘limining kuchayib borishini ko‘rsatdi. Ayniqsa, katta yoshli guruhlarda naychalar epiteliysi va interstitsial to‘qimada distrofik, nekrobiotik hamda sklerotik o‘zgarishlar ko‘proq uchradi. Markerlar ekspressiyasining bir-biriga bog‘liq ravishda o‘zgarishi serebrovaskulyar kasalliklarda buyrak shikastlanishining bosqichma-bosqich kechishini ko‘rsatdi. Bu ma’lumotlar buyrakdagi ishemik-gipoksik jarayonlarni erta baholash va ularning og‘irlik darajasini aniqlashda ahamiyatli bo‘lishi mumkin.

Сведения · Details