Muhammad al-Xorazmiy avlodlari, 2025
Telekommunikatsiya sohasida kontentni yetkazib berish tarmog'ini joriy etishning iqtisodiy samaradorlik mezon va ko'rsatkichlari
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada telekommunikatsiya sohasida kontentni yetkazib berish tarmog‘i (Content Delivery Network — CDN) joriy etishning iqtisodiy samaradorlik mezonlari va ularni baholash ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Kontentni yetkazib berish tarmog‘i orqali axborotni samarali yetkazish, tarmoq yuklamasini kamaytirish, energiya sarfini optimallashtirish hamda qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali foydalilikni oshirish imkoniyati o‘rganiladi. Maqolada ushbu texnologiyaning texnik va iqtisodiy afzalliklari, loyiha xarajatlari, samaradorlikni baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar (Stez, Strafik, Senergetik, Sqo‘sh) va amortizatsiya hisob-kitoblariga oid yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, tarmoqni joriy etishning boshlang‘ich va joriy xarajatlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda iqtisodiy natijalarga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida kontentni yetkazib berish tarmoqlarini samarali rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha metodologik yondashuvlar taklif etiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.22529652
- Журнал · Journal Muhammad al-Xorazmiy avlodlari
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0