Central Asian Research Index

Muhammad al-Xorazmiy avlodlari, 2024

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va barqaror iqtisodiy o'sish: integratsiya va rivojlanish

Shahlo Xujamatova

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada bugungi kundagi barqaror rivojlanish sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni ko‘rib chiqilgan va muxokama qilingan. Bugungi kunga kelib barqaror rivojlanish global davlatlar erishmoqchi bo‘lgan kun tartibi hisoblanib, unda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish mamlakatlarning barqaror rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. AKTning barqaror rivojlanishining har bir ko‘rsatkichlari bilan aloqasi boshqa o‘lchovlar mavjudligi bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, AKT mamlakatning barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlariga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. AKT iqtisodiy ko‘rsatkichlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri orqali barqaror rivojlanishning ekologik va ijtimoiy o‘lchovini amalga oshirishga olib keladi. AKTning dunyoning eng chekka mamlakatlarga ham keng shaklda kirib borishi uning shu davlatning barqaror rivojlanishiga erishishi uchun asosiy lokomativga aylanib kelmoqda. Shuningdek, barqaror rivojlanishning uch o‘lchovini muvozanatlash uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish talab etilmoqda.

Сведения · Details