International Journal of Finance and Digitalization, 2025, т. 4, № 4
TO'QIMACHILIK SANOATINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH BORASIDA ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR
Аннотация · Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada to‘qimachilik sanoatini barqaror rivojlantirish masalalari hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilingan. Jahon amaliyotida to‘qimachilik klasterlarini shakllantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, ekologik toza va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, mahsulot eksportini diversifikatsiya qilish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish asosiy yo‘nalish sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Xitoy va Janubiy Koreya tajribasi asosida ularning innovatsion yondashuvlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, ta’lim va ilmiy hamkorlik dasturlari, shuningdek, korxonalarda boshqaruvni modernizatsiya qilish usullari chuqur o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish jarayonida xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari hamda amaliy ahamiyati yoritib berilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.22349934
- Журнал · Journal International Journal of Finance and Digitalization
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0