Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 8, с. 164-169

BO‘LAJAK SHIFOKORLARDA INFEKSION XAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Shaxnoz Absamatovna Xujaeva

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak shifokorlarda infeksion xavfsizlik madaniyatini shakllantirishning nazariy va metodologik asoslari yoritilgan. Infeksion xavfsizlik madaniyati tibbiy ta’lim jarayonida talabalarning infeksiyalarning tarqalish mexanizmlari, profilaktika usullari, standart ehtiyot choralari, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qo‘l gigiyenasi, tibbiy asboblarni dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish, in’eksion xavfsizlik hamda antimikrob preparatlardan oqilona foydalanishga oid bilim, ko‘nikma va kasbiy qadriyatlarini integratsiyalashgan holda shakllantirishni nazarda tutadi. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va aksiologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslangan. Infeksion xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda simulyatsion ta’lim, klinik vaziyatlar tahlili, interaktiv pedagogik texnologiyalar, refleksiya va obyektiv baholash mexanizmlaridan foydalanishning ahamiyati ko‘rsatilgan.

Сведения · Details