Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 8, с. 119-124

OIV INFEKSIYASINING GIYOHVAND MODDALARGA TOBELIK BILAN KOMORBID KECHISHIDA VIROSOLOGIK- IMMUNOLOGIK KO‘RSATKICHLARNING XUSUSIYATLARI

Nargiza Quvatovna Kenjayeva

Аннотация · Abstract

OIV infeksiyasi va giyohvandlikning komorbid kechishi muhim klinik hamda epidemiologik muammodir. Ushbu tadqiqotdan maqsad OIV infeksiyasi va narkotik moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq buzilishlar birgalikda kechayotgan bemorlarda virusologik va immunologik ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishdan iborat edi. Tadqiqotga 156 nafar bemor (asosiy guruh, n=98, nazorat guruhi, n=58) jalb etildi. Kasalliklarning komorbid kechishida virus yuklamasi sezilarli darajada ortgani, CD4+ limfotsitlarning mutlaq va nisbiy soni kamaygani hamda immunoregulyator sitokinlar muvozanati buzilgani aniqlandi. Olingan ma’lumotlar ushbu toifadagi bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishga kompleks yondashish zarurligidan dalolat beradi, bunda antiretrovirus terapiya va qaramlikka qarshi kurash dasturlarini majburiy tarzda qo‘llash lozim.

Сведения · Details