Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 8, с. 113-118

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2017–2026 YILLARDA POSTASFIKTIK HOLATLARNING DINAMIKASI VA UMUMIY EPIDEMIOLOGIK TAVSIFI

Sarvar Abduazimovich Xakimov, Malika Ilxamovna Kamalova

Аннотация · Abstract

Mexanik asfiksiya sud tibbiyoti va jamoat salomatligining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, mexanik asfiksiyadan o‘lim ko‘rsatkichi hududga qarab yiliga har 100 000 aholiga 7–12 ta holatni tashkil etadi, bu esa barcha zo‘ravonlik oqibatidagi o‘limlarning 4–6 foiziga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasida postasfiktik holatlar muammosi sud-tibbiyot amaliyoti doirasida dolzarb sanaladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va sud-tibbiyot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, har yili mexanik asfiksiya va uning oqibatlari bilan bog‘liq 180–250 ta holat qayd etiladi, bu zo‘ravonlik alomatlari bilan kechgan o‘limlar yuzasidan o‘tkazilgan ekspertizalar sonining 8–11 foizini tashkil qiladi.

Сведения · Details

Профили авторов · Author profiles