Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 8, с. 100-103
TAJRIBAVIY ALKOGOL INTOKSIKATSIYASI TA’SIRIDA UCH OYLIK KALAMUSHLAR OSHQOZON OSTI BEZINING MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI
Аннотация · Abstract
Morfometrik tahlil natijalari atsinar tuzilmalarning diametri va maydonining kamayganini, ekzokrinotsitlar sitoplazmasi maydonining qisqarganini va yadro-sitoplazma nisbatning ortganini ko‘rsatdi. Gistologik tahlilda sitoplazmaning vakuolizatsiyasi, zimogen granulalar sonining kamayishi, atsinar apparati arxitektonikasining qisman buzilishi, bo‘lakchalararo va periatsinar biriktiruvchi to‘qima elementlari sonining ko‘payishi, shuningdek, kollagen tolalarining qalinlashishi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar alkogol ta’sirida oshqozon osti bezining ekzokrin qismida distrofik va qayta qurilish jarayonlarining rivojlanishini ko‘rsatadi, bu esa tajribaviy patofiziologiya va toksik ta’sirlarni morfologik baholash uchun muhim ahamiyatga ega.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.22084661
- Журнал · Journal Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0