Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 8, с. 12-16

TOSHKENT XALQARO MOLIYA MARKAZI VA SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: YANGI QONUNNING AHAMIYATI

Boymurotov Shuhrat

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimini modernizasiya qilish, tibbiy infratuzilmani rivojlantirish, tibbiy ta'lim sifatini oshirish va mamlakatning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy tibbiyot xabiga aylanish istiqbollari Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyati bilan bogʻliq holda tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro moliyaviy markazning investisiyalarni jalb etish, loyihaviy moliyalashtirish, sugʻurta, investisiya jamgʻarmalari va aktivlarni boshqarish kabi mexanizmlarining sogʻliqni saqlash infratuzilmasi va tibbiy texnologiyalarni rivojlantirish uchun qoʻshimcha moliyaviy manba sifatidagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, tibbiy turizmni rivojlantirish, yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish, xorijiy bemorlar oqimini oshirish, tibbiyot oliy ta'limini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish masalalariga e'tibor qaratilgan. Tahlil natijalari Toshkent xalqaro moliya markazi mexanizmlaridan samarali foydalanish sogʻliqni saqlash tizimining investision imkoniyatlarini kengaytirish, tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish, inson kapitalini mustahkamlash va Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda raqobatbardosh tibbiyot markazi sifatidagi mavqeini kuchaytirishga xizmat qilishi mumkinligini koʻrsatadi.

Сведения · Details