Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

YELKA SUYAGI PROKSIMAL QISMI SINISHLARIDA MEDIAL TAYANCH VA CALCAR SOHASINI TIKLASHNING DAVOLASH NATIJALARIGA TA'SIRI

Islombek Sariqov

RSHTYOIM Farg'ona filiali Travmatologiya bo'limi mudiri, Central Asian Medical University o'qituvchisi

Аннотация · Abstract

Maqolada yelka suyagi proksimal qismi sinishlarida medial tayanch va CALCAR sohasi barqarorligini tiklashning jarrohlik natijalariga ta’siri tahlil qilindi. Medial ustunning buzilishi, metafizar komminutsiya va CALCAR defekti bloklovchi plastina bilan osteosintezda ikkilamchi varus deformatsiya, vintlarning bo‘g‘im ichiga chiqishi va implant yetishmovchiligi xavfini oshiradi. Tadqiqot natijalari operatsiyadan oldingi KT/3D baholash, medial kortikal kontaktni tiklash, CALCAR vintlarini optimal yo‘naltirish va zarur hollarda qo‘shimcha tayanch usullaridan foydalanish fiksatsiya barqarorligi hamda funksional tiklanish uchun muhim ekanini ko‘rsatdi

Сведения · Details