«ҚарДУ хабарлари», 2026
Anglo-amerikanizmlarning assimilatsiya darajasiga ko'ra tasnifi
Kokand University Andijan branch
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada o‘zbekcha internet diskursida qo‘llanayotgan anglo-amerikanizmlarning qabul qiluvchi til tizimiga moslashuvi (assimilyatsiyasi) va ularni assimilyatsiya darajasi bo‘yicha tasniflash masalasi yoritiladi. Tadqiqot globallashuv sharoitida internet kommunikatsiyasi orqali inglizcha o‘zlashmalar oqimining kuchayishi hamda bu jarayonning fonetik, grafik, morfologik va leksik-semantik o‘zgarishlar bilan birga kechishini asoslashga qaratilgan. Ishda tavsifiy, qiyosiy va funksional-pragmatik tahlil usullari qo‘llanib, internet matnlaridan tanlab olingan anglo-amerikanizmlar yozuv shakli, talaffuz moslashuvi, grammatik integratsiyasi va semantik transformatsiyalari mezonlari asosida o‘rganiladi. Natijalarga ko‘ra, o‘zlashmalar minimal, qisman va to‘liq assimilyatsiyalashgan ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib, ularning moslashuv darajasi qo‘llanish chastotasi, kommunikativ dolzarblik va diskurs muhitiga bog‘liq ekani aniqlanadi. Shuningdek, anglo-amerikanizmlar internet muloqotida nominativ vazifa bilan birga baholovchi, ekspressiv hamda identifikatsion pragmatik funksiyalarni ham bajarishi ko‘rsatib beriladi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.21875638
- Журнал · Journal «ҚарДУ хабарлари»
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0