Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026
MAISHIY OQOVA SUVLARINI TEXNIK SUVGA AYLANTIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация · Abstract
Maishiy oqova suvlarni sentrifugalash va ko‘p bosqichli filtrlash texnologiyalari asosida tozalash hamdaularni texnik suv sifatida qayta foydalanish imkoniyatlari tadqiq etildi. Tadqiqot obyekti sifatida oshxona va yuvinishxonalarida hosil bo‘ladigan maishiy oqova suvlar tanlandi. Tozalash texnologiyasi mexanik to‘r, sentrifuga, shag‘al, faollashtirilganko‘mir va bentonit gilidan tashkil topgan ko‘p qatlamli filtr hamda xlorlash bosqichlarini o‘z ichiga olgan holdaishlab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, loyqalik 93,7 %, muallaq moddalar 93,3 %, yog‘ va moylar 92,9 %, kimyoviykislorod ehtiyoji esa 68,0 % ga kamaygani aniqlandi. Tozalangan suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari uni unitazni yuvishuchun qayta foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi. Ortiqcha hajmdagi suvni yashil hududlarni sug‘orish, sanitariya ishlari,avtomobillarni yuvish va boshqa texnik ehtiyojlar uchun qo‘llash mumkin. Taklif etilgan texnologiya maishiy oqova suvlarnitozalash inshootlariga tushadigan yuklamani kamaytirish hamda ichimlik suvi sarfini 50 % gacha tejash imkonini beradi
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.21629648
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0