Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar, 2026, т. 6, № C, с. 981-986
BO'LAJAK TARBIYACHILARNING REFLEKSIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH: TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI
Navoiy davlat universiteti
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalari yoritilgan. Tadqiqot davomida refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus trening dasturining samaradorligi eksperimental jihatdan tekshirildi. Natijalar tahlili situativ, retrospektiv va perspektiv refleksiya, shuningdek, tizimli refleksiya, introspeksiya va kvazirefleksiya ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganligini ko‘rsatdi. Tajriba guruhi ishtirokchilarida refleksiv qobiliyatlarning rivojlanish dinamikasi nazorat guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixologik-pedagogik treninglarning bo‘lajak tarbiyachilarning o‘zini anglash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va kasbiy rivojlanishni rejalashtirish ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi samaradorligini tasdiqladi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.21284826
- Журнал · Journal Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0