Central Asian Research Index

Pedagogikа (Pedagogik ta’lim), 2025

Oliy harbiy ta'limda tanqidiy va strategik fikrlashni rivojlantirishning nazariy yondashuvlar

O.S. Turaxujayev

Аннотация · Abstract

Maqolada oliy harbiy ta’limda tanqidiy va strategik fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilgan. Muallif kognitiv, metakognitiv, aksiologik va kompetentli yondashuvlar mazmuni hamda ularning harbiy kadrlar tayyorgarligidagi ahamiyatini ilmiy tahlil qiladi. Har bir yondashuv doirasida fikrlash jarayonining psixologik va pedagogik mexanizmlari, axborotni tahlil qilish, shaxsiy pozitsiyani shakllantirish va murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, zamonaviy global tahdidlar va axborot muhiti sharoitida ofitser shaxsiyatida intellektual, ma’naviy va funksional salohiyatni uyg‘un rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan.

Сведения · Details