Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

ISHEMIK INSULTDA MIYA TO'QIMASI MORFOLOGIYASI: GIPERTONIYA VA ATEROSKLEROZ BILAN BOG'LIQ JIHATLAR

Kamoliddin Sharofiddinov

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali

Аннотация · Abstract

Ishemik insultlarning asosiy morfologik substratini miya to‘qimasidagi distrofik, nekrobiotik va nekrotik o‘zgarishlar tashkil etadi. Ko‘pchilik ishemik zonalar tomir ishemiyasi, stenoz, angioskleroz hamda miya to‘qimasida gliyoz o‘choqlari mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ushbu o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq jihatlari asosan arterial gipertoniya va ateroskleroz bilan bog‘liq bo‘lib, ular tomir lümenining torayishiga, tomir devorida gialinoz o‘choqlari hosil bo‘lishiga, miya to‘qimasining plazmatik shimilishiga va bosh miya shishiga olib keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasnifiga ko‘ra, ushbu patologik o‘zgarishlar ko‘pincha 45–59 yoshdagi shaxslarda uchraydi.

Сведения · Details