Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar, 2025, № 5, с. 2315-2323
MADANIY KODLAR VA ULARNING TIL SATHLARDA IFODALANISHI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz badiiy nasrida madaniy kodlarning til sathlarida – leksik-semantik, grammatik va sintaktik darajalarda qanday namoyon bo‘lishi qiyosiy-lingvistik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Madaniy kodlar muayyan til va millatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi, urf-odatlari, mentaliteti va qadriyatlari asosida shakllanadi hamda badiiy matnda o‘ziga xos ifodaviy vositalar orqali tilga ko‘chadi. Tadqiqotda “Dunyoning ishlari” (O‘zbekiston) va “To Kill a Mockingbird” (AQSh) kabi nasriy asarlar tahlil etilib, ular orqali turli sathlarda madaniy kodlar qanday til vositalarida mujassam bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Maqola tilshunoslikda lingvokulturologik yondashuvni qo‘llagan holda, madaniy kodlarning badiiy matndagi funksional va estetik yukini ochib beradi. Xususan, leksik birliklar orqali qadriyatlar, grammatik shakllar orqali kollektiv va individual tafakkur, sintaktik qurilmalar orqali esa muloqot uslubi va axloqiy mezonlar yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarjima nazariyasi, lingvokulturologiya va adabiy tahlil sohalariga yangi ilmiy asoslar qo‘shadi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.21221487
- Журнал · Journal Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0