Central Asian Research Index

Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti, 2024

O'ZBEK TILIDA DORIVOR O'SIMLIKLAR NOMLARININING SO'Z YASALISH XUSUSIYATLARI

Dilfuza Muydinjanovna Yuldasheva

Аннотация · Abstract

Ushbu maqola dorivor o'simliklar nomlari misolida o'zbek tilidagi so'z yasalish tizimini o'rganishga qaratilgan. O'zbek tilida so'z yasalishining shakllanish tarixi haqida qisqacha ma‘lumot berilib, o'zbek tilida so'z yasalishi yo'lida tilshunos olimlarning eng muhim asarlari sanab o'tilgan. Misollar tariqasida ba`zibir dorivor o'simliklar nomlarining morfologik tahlili keltirilgan.

Сведения · Details