«ҚарДУ хабарлари», 2025
O'zbekistonda turizm soxasini raqobatbardoshligini oshirishning innovatsion yo'llarini rivojlantirish
Аннотация · Abstract
Olimjonova Sehriyo Muzaffar qizi Namangan davlat universiteti PhD., Xulkarbonu Yokubjonova Yokubovna OʻZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YOʻLLARINI RIVOJLANTIRISH Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion yondashuvlarning oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Mamlakatda turizm infratuzilmasining jadal rivojlanib borayotgani bilan birga, zamonaviy raqamli texnologiyalarning yetarli darajada joriy etilmagani sohaning global bozordagi raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir koʻrsatmoqda. Maqolada xorijiy tajriba asosida innovatsion xizmatlar, smart-turizm texnologiyalari, ekologik va madaniy yoʻnalishlarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Statistik ma'lumotlar va tahlillar asosida, 2030-yilga borib Oʻzbekistonda turizm eksport hajmini ikki baravarga oshirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, maqolada davlat siyosatining roli, xususiy sektor ishtiroki va raqamli transformatsiyaning istiqbollari yoritilgan. Kalit soʻzlar. turizm sohasi, raqobatbardoshlik, innovatsiya, smart-turizm, raqamli texnologiyalar, xorijiy tajriba, iqtisodiy rivojlanish.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.21131435
- Журнал · Journal «ҚарДУ хабарлари»
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0