Geologiya va mineral resurslar, 2025, № 6, с. 9-14
Geologik muhitda ro'y beradigan deformatsiyalar turlari va ularni keltirib chiqaradigan elementar geodinamik vaziyatlar to'g'risida
Аннотация · Abstract
Geologik muhitning kuchlanish-deformatsiyalanish holatini oʻrganishga koʻplab ilmiy maqolalar bagʻishlangan. Buning asosiy sabablaridan – burmalar va yer yoriqlarining, qolaversa, barcha tektonik harakatlarining kelib chiqishi, ta’sir qilayotgan kuchlarining va ular sodir etayotgan geodinamik vaziyatlarni oʻrganish dolzarbligidan kelib chiqadi. Darhaqiqat, oxirgi 20-30 yillarda hududlarning geodinamikasiga bagʻishlangan e’lon qilingan ilmiy ishlar soni koʻpaygan. Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, koʻplab asarlarda «geodinamika» atamasini «plitalar» tektonikasi bilan bogʻlangan tarzda foydalaniladi. Aslida esa «geodinamika» atamasining kelib chiqishi va mazmun-mohiyati ancha kenroq. Biz bu masalaning ta’rifini bir necha bor anjuman ma’ruzalarida keltirgan edik [1, 2]. Bu yerda batafsil yoritmasdan faqat qisqacha eslatib oʻtishni joiz deb bildik. «Geodinamika» atamasining ilk bor ishlatilishi italiyalik astronom J. Skinnarelli tomonidan 1859 yilda Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasida o’qigan ma’ruzalarida amalga oshirilgan edi [3]. Keyinchalik ingliz geofizigi A. Lyavning (1911) «Geodinamikaning ayrim muammolari» monografiyasi paydo bo’lgan, unda Yerning mexanik xususiyatlari toʻgʻrisidagi turli gipotezalar, shuningdek, Yerning toʻlqinli deformatsiyalari, uning oʻz tebranishlari va boshqalar kabi hodisalar tasvirlangan. Geologik muhitda sodir boʻlayotgan tektonik xarakatlar va deformatsiyalarni, ularni vujudga kelishiga sababchi boʻlgan kuchlar va kuchlanish maydonlarini oʻrganish «tektonofizika» vazifalariga kiradi. Geotektonika va fizika tutashida paydo boʻlgan bu fan yoʻnalishining oʻziga xos atamalari va tushunchalari bor. Bular togʻ jinslarining deformatsion xusuiyatlari, ularning qayishqoqligi, qovushqoqligi, plastikligi va umuman oquvchanligidan boshlab, to muhitdagi kuchlanish-deformatsiya jarayonlarining xususiyatlari, ularni turliligi va oʻrganish usullarigacha. Bular haqida maxsus tektonofizik adabiyotlarida M.V.Gzovskiy, M.A.Goncharov [4] va boshqa mualliflarning ilmiy asarlarida ma’lumotlar keltirilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.21124912
- Журнал · Journal Geologiya va mineral resurslar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0