Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА ПЕРИНАТАЛ ХАВФ ГУРУҲИДАГИ ҲОМИЛАДОР АЁЛЛАРДА ПЛАЦЕНТАНИНГ ПАТОМОРФОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Urganch davlat tibbiyot instituti. Assistent
Аннотация · Abstract
Platsentaning morfofunktsional holati homila rivojlanishi va perinatal natijalarni belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida perinatal xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarda platsentaning patomorfologik xususiyatlarini oʻrganish va ularning klinik ahamiyatini baholashdan iborat.Tadqiqot materiali sifatida perinatal xavf guruhidagi homilador ayollardan tugʻruqdan soʻng olingan platsenta namunalari tahlil qilindi. Makroskopik va gistologik tekshiruvlar standart usullar asosida oʻtkazildi, toʻqimalar gematoksilin-eozin bilan boʻyaldi.Natijalarga koʻra, platsentalarda xorion vorsinkalari fibrozi, infarkt oʻchoqlari, qon tomir devorlarining sklerozi, intervorsinkalar orasida qon toʻlaqonligi va yalligʻlanish infiltratsiyasi kabi patomorfologik oʻzgarishlar aniqlandi. Ushbu oʻzgarishlar platsentar yetishmovchilikning morfologik asosini tashkil etdi.Olingan natijalar jahon va respublika adabiyotlari ma'lumotlari bilan uygʻun boʻlib, platsentaning patomorfologik tahlili perinatal xavfni baholashda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.20754991
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0