Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

TAJRIBA SHAROITIDAGI JIGAR SHIKASTLANISHIDA PROSTATA BEZIDAGI MORFOLOGIK KO'RSATGICHLARINING QIYOSIY TAVSIFI

Jasur Saidov

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, O'zbekiston, Buxoro, A.Navoiy

Аннотация · Abstract

Tajriba guruhida jigarning eksperimental shikastlanishidan keyin prostata bezida sezilarli morfologik o‘zgarishlar kuzatildi. Ayniqsa 3 oylik kalamushlarda bez atsinuslarining deformatsiyasi, epiteliy qavatining notekislashishi va ba’zi sohalarda distrofik o‘zgarishlar aniqlandi. Epiteliy hujayralarida vakuolizatsiya, yadrolarning piknotik holati va sitoplazmaning donali distrofiyasi kuzatildi. 6 oylik kalamushlarda patologik jarayonlar yanada chuqurlashganligi kuzatildi. Prostata bezi atsinuslarining ayrim qismlarida atrofik o‘zgarishlar, epiteliyning yupqalashishi va sekretor faollikning pasayishi qayd etildi. Stromada fibrozlanish elementlari va mikrosirkulyator o‘zgarishlar kuchayganligi aniqlandi. Morfometrik tahlilda atsinus diametrining kamayishi, epiteliy balandligining pasayishi va stroma ulushining ortishi statistik jihatdan ahamiyatli ekanligi kuzatildi.

Сведения · Details